Bugun, 1 iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn ro`yxatdan o`tkazish boshlanadi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, 2023/2024-o`quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o`qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.






