1

Farrux Zokirov va "Yalla" ansambli Prezident farmoniga ko`ra nufuzli davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Madaniyat 01.07.2023, 19:39
Farrux Zokirov va "Yalla" ansambli Prezident farmoniga ko`ra nufuzli davlat mukofoti bilan taqdirlandi

"Yalla" ansamblining ijodiy jamoasini mukofotlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e`lon qilindi. 

Ung ko`ra, o`zining yorqin iste`dodi, yuksak professional mahorati, ko`p yillik samarali ijodiy faoliyati bilan o`zbek estrada san`atini rivojlantirish, uning shon-shuhratini xalqaro miqyosda keng targ`ib etish, xalqlar o`rtasida madaniy aloqalar, o`zaro do`stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qo`shgan katta  hissasi, navqiron iqtidor egalarining qobiliyatini ro`yobga chiqarish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari hamda "Yalla" ansambli tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan

"El-yurt hurmati" ordeni bilan

Zakirov Farrux Karimovich - "Yalla" ansambli badiiy rahbari

"Do`stlik" ordeni bilan

Aliev Abbos Saidovich - "Yalla" ansambli sozandasi

Toxtaev Javlon Ramzitdinovich - "Yalla" ansambli sozandasi

Xalikov Igor Yakubovich - "Yalla" ansambli direktori

Xalikov Timur Pulatovich - "Yalla" ansambli sozandasi mukofotlandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1