AsosiyJamiyat

”Paxtakor-79“ muallifi Mavlon Shukurzoda 69 yoshida vafot etdi

'”Paxtakor-79“ muallifi Mavlon Shukurzoda 69 yoshida vafot etdi'ning rasmi

Taniqli jurnalist-tadqiqotchi va yozuvchi Mavlon Yo`ldoshev (Mavlon Shukurzoda) 69 yoshida Toshkentda vafot etdi.

U 1954 yil 31 mayda Toshkent viloyatida tug`ilgan. Toshkent to`qimachilik institutini tamomlagan. Sovet davrida u partiya tizimida ishlagan. Keyinchalik Tashqi ishlar vazirligida kadrlar bo`limiga rahbarlik qildi. «Fidokorlar» partiyasi a`zosi bo`lgan.

Mavlon Shukurzoda O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a`zosi ham edi. So`nggi yillarda u mustaqil jurnalist sifatida ishlagan va kitoblar yozgan. U futbolni juda yaxshi ko`rardi — ko`plab asarlarini shu sohaga bag`ishlagan va futbol bilan bog`liq tadbirlarda faol ishtirok etgan.

Turli mavzularda 20 dan ortiq kitoblar yozgan, jumladan, ”Amerikalik o`zbeklar”, ”O`zbek futboli: kecha, bugun, ertaga”, ”Paxtakor-79” (”Paxtakor” jamoasi aviahalokatining 35 yilligiga bag`ishlangan), ”Xalq diplomatiyasi: O`zbekiston — Buxoro yahudiylari — AQSh” (AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi tashkil etilganining 20 yilligi munosabati bilan), shuningdek, o`zbek-amerikan, o`zbek-turk va o`zbek-ozar munosabatlari haqidagi kitoblar.

U ayrim kitoblarini chop etishga ulgurmadi. Bu ishni uning oilasi bajarish niyatda. Ana shunday kitoblardan biri afsonaviy ”Paxtakor“ futbolchisi Gennadiy Krasniskiy haqida. O`zbekiston-Turkiya munosabatlariga bag`ishlangan yana bir kitob ham nashrga tayyorlanayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar