AsosiyJamiyat

Chodakda dor yo`lining yarmida to`xtab qolgan fuqaro qutqarib olindi (video)

'Chodakda dor yo`lining yarmida to`xtab qolgan fuqaro qutqarib olindi (video)'ning rasmi

Telegram-kanallarda 30 iyun kuni Namangan viloyati Pop tumani hududida joylashgan Chodak dam olish maskanida qo`lbola uslubda qurilgan kanatga chiqqan odam dor yo`lining yarmiga borib to`xtab qolgani aks etgan videolar tarqaldi.

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi internetda tarqalgan videolarning birida dor yo`lida osilib turgan odam osma kanat ishchisi ekani, u kanatni moylayotganda dam olish maskaniga kelganlar bu holatni videoga olgani, dor yo`li har kuni moylanishini ma`lum qildi.

Boshqarma axborot xizmatiga ko`ra, Telegram-kanallarda tarqalgan ikkinchi videoda esa uch nafar ayol osma kanat ishchi xodimlari tomonidan yo`riqnoma berilishiga qaramasdan dor yo`liga chiqishgan paytda o`zboshimchalik bilan har xil harakatlar qilgani tufayli o`rtada qolib ketishgan.

Ta`kidlanishicha, bu ikki holat shu kecha-kunduzda emas, balki oldin yuz bergan bo`lib, buning oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. 

    Boshqa yangiliklar