AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev ShHT sammitida ishtirok etadi

'Shavkat Mirziyoev ShHT sammitida ishtirok etadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 4 iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar rahbarlarining videoanjuman shaklida o`tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Sammit kun tartibiga muvofiq, ShHT doirasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash, tashkilot faoliyatini kengaytirish va takomillashtirishning dolzarb masalalari ko`rib chiqiladi.

Uchrashuv yakunida ShHT davlatlari rahbarlari tomonidan iqtisodiy hamkorlik, raqamli transformasiya, mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash, madaniy-gumanitar soha va boshqa ustuvor yo`nalishlar bo`yicha bir qator qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar