Qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra:
Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organiga axborot taqdim etmaslik yoki o`z vaqtida taqdim etmaslik yoxud unga bila turib noto`g`ri ma`lumotlarni taqdim etganlik:
➖fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 10 baravarigacha (990 ming so`mdan 3 mln 300 ming so`mgacha);
➖mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 300 ming so`mdan 6 mln 600 ming so`mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.
Ilgari: fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravarigacha jarima qo`llanilgan.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxsi tomonidan xomashyo, tovarlar erkin harakatlanishini va realizasiya qilinishini hamda xizmatlar ko`rsatilishini qonunga xilof ravishda cheklash:
➖ BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (9 mln 900 ming so`mdan 16 mln 500 ming so`mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi;
Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalashni amalga oshirish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qilish vakolatlari yoki ro`yxatga olish yoxud akkreditasiyadan o`tkazish vakolatlari berilgan davlat unitar korxonalari yoki muassasalari yoxud yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan qarorlar qabul qilish:
➖BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (9 mln 900 ming so`mdan 16 mln 500 ming so`mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.
Ilgari bunday normalar mavjud emas edi.
04.07.2023 08:28
Raqobat to`g`risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun ma`muriy javobgarlik choralari kuchaytirildi
