Birja matbuot xizmatining malum qilishicha, 26 iyun-2 iyul kunlari O`zbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida 1 195,1 milliard so`mlik tovarlar sotilgan bo`lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 52,9 foizga kamdir.
Ta`kidlanishicha, sotuvlarning:
- 95,7 foizi – birja savdolari;
- 4,3 foizi – elektron davlat xaridlariga to`g`ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 289 milliard so`mni tashkil qildi. Shuningdek, ushbu davr mobaynida onlayn ausion orqali 577 ta avtoraqamlar sotildi. Cotilgan davlat raqam belgilarining umumiy narxi 1,4 milliard so`mni tashkil qildi.
Ko`rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 143,9 milliard so`mlik tovar resurslari sotildi. Jumladan, ushbu davrda sement, paxta yog`i va polietilen mahsulotlarning birjadagi narxlari pasaydi.






