Joriy yilning 5-7 iyul kunlari kutilayotgan yomg`irlar yog`ishi sababli, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel kelish xavfi e`lon qilindi. Jumladan:
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;
Farg`ona viloyati: So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog` oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlarini so`raymiz.






