Prezident farmoni (PF–107-son, 03.07.2023 y.) bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirlig xabar bermoqda.
Prezidentning tegishli Farmoniga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o`rta, o`rta maxsus va professional ta`lim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024 o`quv yilida davlat granti asosida qo`shimcha 3 000 ta o`rin ajratiladi.
Bunda soha va tarmoqlarning oliy ma`lumotli kadrlarga bo`lgan ehtiyoji aniqlanib, oliy ta`lim muassasalari va ta`lim yo`nalishlari kesimidagi takliflar O`zbekiston Respublikasi ta`lim tashkilotlariga qabul qilish bo`yicha davlat komissiyasiga 2023 yil 20 iyulgacha taqdim etiladi.






