AsosiyJamiyat

Harbiy tavsiyanomaga ega bo`lganlar uchun qo`shimcha 5 %li qabul ko`rsatkichlari taqsimoti e`lon qilindi

'Harbiy tavsiyanomaga ega bo`lganlar uchun qo`shimcha 5 %li qabul ko`rsatkichlari taqsimoti e`lon qilindi'ning rasmi

Davlat komissiyasining bayoni bilan O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o`tab, harbiy qism qo`mondonligining tavsiyanomalariga ega bo`lganlar uchun qo`shimcha besh foizli qabul ko`rsatkichlarining oliy ta`lim muassasalari va ta`lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko`ra, harbiy qism qo`mondonligining tavsiyanomalariga ega bo`lganlar uchun respublika bo`yicha jami 9 506 ta qo`shimcha kvota ajratildi.  

Ta`lim shakllari kesimida:

  • kunduzgi ta`lim shakli uchun – 6 356 ta (davlat granti asosida - 1 746 ta, to`lov-kontrakt asosida - 4 610);
  • sirtqi ta`lim shakli uchun – 2 453 ta (to`lov-kontrakt asosida);
  • kechki ta`lim shakli uchun – 556 ta (to`lov-kontrakt asosida);
  • masofaviy ta`lim shakli uchun – 141 ta (to`lov-kontrakt asosida).

 

    Boshqa yangiliklar