AsosiyJamiyat

Ombudsman aralashuvi bilan Buxorodagi Muruvvat uyidagi nogironligi bo`lgan ayollarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat berildi (video)

'Ombudsman aralashuvi bilan Buxorodagi Muruvvat uyidagi nogironligi bo`lgan ayollarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat berildi (video)'ning rasmi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman)ga Buxoro Muruvvat nogironligi bo`lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida yashab kelayotgan bir guruh ayollar shaxsini tasdiqlovchi hujjatini rasmiylashtirilishida yordam so`rab murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, qariyb 35 yildan buyon ushbu muassasada istiqomat qilayotgan 5 nafar nogironligi bo`lgan ayollarning na tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi va na shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmagan. Ular 1995 yillarda tibbiy varaqa orqali Muruvvat uyiga qabul qilingan. Murojaatchilar shu kunga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat olish masalasi bir necha marotaba ko`tarilgan bo`lsada ijobiy natija bo`lmayotganligini ma`lum qilishgan.

Mazkur masala Ombudsman nazoratiga olinib, uning Buxorodagi mintaqaviy vakili Abira Huseynova tomonidan o`rganildi. 6 oylik o`rganishlardan so`ng, FHDYo organlari ushbu ayollarning tug`ilganlik faktini belgilash uchun hujjatlar etarli bo`lmaganligi sabab shaxsni tasdiqlovchi hujjat berish masalasini ko`rib chiqishni rad etdi. Shundan so`ng, nogironligi sabab ularning layoqatsizligi hisobga olinib Ombudsman tomonidan  fuqarolikni belgilashni so`rab fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sudiga ariza kiritildi.

Mazkur masala Muruvvat uyida sayyor sud majlisida ko`rib chiqildi. Sud tomonidan 5 nafar fuqaro manfaatida kiritilgan Ombudsman arizasi to`liq qanoatlantirildi.

Barcha tegishli hujjatlar asosida fuqarolarga ID kartalar rasmiylashtirildi va egalariga topshirildi.

    Boshqa yangiliklar