AsosiyJamiyat

Toshkentdagi poliklinikada shifokorlarga va`da qilingan ustama pullari berilmagani aytildi

'Toshkentdagi poliklinikada shifokorlarga va`da qilingan ustama pullari berilmagani aytildi'ning rasmi

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 1-son oilaviy poliklinikada ishlayotgan shifokorlarga va`da qilingan ustama pullari berilmayotganiga doir xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan shahar SSB rasmiy munosabat bildirdi. 

Aniqlanishicha, ushbu murojaat egasi shifokor Q.S. bo`lib, 2022 yil 1 noyabrdan Mirobod tuman 1-son oilaviy poliklinikasiga 0,5 shtat asosida tibbiy brigada oila shifokori lavozimiga ishga qabul qilingan. 

Q.S. ayni paytda Toshkent davlat stomatologiya institutida 6-bosqichda tahsil olayotgani, yaqin oylarda homiladorlik ta`tiliga chiqishini hisobga olgan holda prezidentning “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo`llab-quvvatlash hamda rag`batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni va Vazirlar Mahqamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to`lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to`g`risida”gi qarori hamda boshqa tegishli hujjatlarga muvofiq poliklinika rag`batlantirish komissiyasi tomonidan salohiyatli yangi ish boshlagan yosh shifokorlar ro`yxatiga kiritilmagan.

Shu boisdan unga ustama puli belgilanmagan. Shifokor Q.S. bilan suhbat davomida unga bu haqda ma`lumot berilib, tegishli lavozim maoshi tayinlangani tushuntirilgan.

    Boshqa yangiliklar