AsosiyDunyo

Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti "Vagner"ni terrorchi tashkilot deb tan oldi

'Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti "Vagner"ni terrorchi tashkilot deb tan oldi'ning rasmi

Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) Parlament Assambleyasi "Vagner"ni terrorchi tashkilot deb tan olgan rezolyusiyani qabul qildi.

Hujjatda aytilishicha, "Vagner"chilarning xatti-harakatlari "mohiyati va niyatlari bo`yicha terroristik deb tavsiflanishi mumkin".

Rezolyusiya EXHT davlatlarini “Vagner"ga qarshi turishda terrorizmga qarshi kurashish uchun mo`ljallangan barcha vositalardan foydalanishga chaqiradi.

4 iyul kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlatlariga qurolli isyon davrida Rossiya konstitusiyaviy tuzumini himoya qilish bo`yicha harakatlarni qo`llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning ta`kidlashicha, rasmiylar ShHTga a`zo davlatlar bilan aloqalarni davom ettirish niyatida.

Davlat rahbarining ta`kidlashicha, “Vagner” harbiy qo`zg`oloniga urinish paytida Rossiya harbiylari fuqarolar urushi boshlanishini amalda to`xtatgan.

Rossiya rahbari, shuningdek, Rossiyadagi harbiy isyonni bostirishga harakat qilgan belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenkoga minnatdorchilik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar