Bugun, 5 iyul kuni O`zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuv o`tkazmoqda.
Nomzod uchrashuv chog`ida kelgusi etti yilda poytaxtni “yashillashtirishga” oid rejalar haqida to`xtaldi.
“Bugungi kunda poytaxtimizda yashil maydonlar 900 gektarni tashkil qiladi. Kelgusi etti yilda bu hududni 5 barobar ko`paytirib, 5 ming gektarga etkazamiz.
Buning uchun:
- shahar bo`ylab har yili kamida 1 million dona manzarali, mevali ko`chatlar va qalamchalar ekiladi;
- har bir mahallada 1 mingtadan daraxt ko`chatlari ekish ishlari davom ettiriladi;
- Yashnobod, Yangihayot, Sergeli va Mirzo Ulug`bek tumanlarida 4 ming gektar maydonda yashil va “tematik” bog`lar barpo qilinadi.
Shuningdek, shahar bo`ylab 100 kilometr velosiped yo`laklari, 32 ta sayilgoh, 30 ta yashil hudud va xiyobonlar barpo qilinadi”, – dedi Mirziyoev.






