AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Shvesiyada Qur`oni karim yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atadi va keskin qoraladi

'Shavkat Mirziyoev Shvesiyada Qur`oni karim yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atadi va keskin qoraladi'ning rasmi

Bu haqda prezidentlikka nomzod toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuvda to`xtalib o`tdi.

“Ayni vaqtda biz radikalizm va ekstremizmning har qanday ko`rinishlariga, turli millat va xalqlarning diniy qadriyatlariga nisbatan hurmatsizlik ko`rsatishga mutlaqo qarshimiz.

Jumladan, yaqinda Shvesiyada sodir etilgan, muqaddas Qur`oni karimni yoqib yuborishdek yovuz harakatlarni keskin qoralaymiz.

Er yuzidagi millionlab insonlarning dinu diyonati, ezgu hissiyotlarini haqorat qiladigan bunday holatlarga aslo yo`l qo`yib bo`lmaydi”, – dedi Shavkat Mirziyoev.

 

    Boshqa yangiliklar