"Mehr va Oqibat" jonivorlarni himoya qilish jamiyati telegram kanaliga kuchuk bolasining o`ldirilishi bilan bog`liq video xabar joylandi.
Ma`lum bo`lishicha, ushbu holat Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida sodir bo`lgan. 53 yoshli erkak va 33 yoshli o`g`li bilan birgalikda jo`jani tishlab o`ldirib qo`ygani uchun kuchukchani ayovsiz kaltaklab, so`ngra so`yib o`ldirishgan. Bu shavfqatsizlikni videoga olishgan va itining bolasini bergan kishiga yuborishgan.






