Do`stlik metro bekatidan “Yangi Toshkent”ga qadar er usti metro yoki tramvay liniyasi tortiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev toshkentlik saylovchilar bilan ,okufy uchrashuvda to`xtalib o`tdi.
“Yo`l-transport boshqaruvini raqamlashtirish hisobiga “xavfsiz va ravon yo`l” tamoyilini ham keng joriy qilamiz.
Bunda, ilg`or xorijiy tajriba asosida tirbandlikni kamaytirish maqsadida:
— barcha chorrahalarda (605 ta) “aqlli chorraha” va “aqlli svetofor” boshqaruv tizimi amalga kiritiladi (hozir – 64 ta);
— shaharga 5 ta kirish joyida va yo`lovchi oqimi yuqori bo`lgan 6 ta metro bekati atrofida ko`p qavatli avtoturargohlar tashkil qilinadi;
— tirbandlik yuqori bo`lgan ko`chalarda 12 ta yo`l o`tkazgich quriladi, yo`llar bo`yida 3 ming o`ringa ega zamonaviy parkomatlar o`rnatiladi.
Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida, Do`stlik metro bekatidan “Yangi Toshkent”ga qadar uzunligi 15 kilometr bo`lgan, 115 ming yo`lovchi tashish quvvatiga ega er usti metro yoki tramvay liniyasi tortiladi”, – dedi nomzod.






