AsosiyJamiyat

IIV jurnalisti og`ir xastalik tufayli 53 yoshida vafot etdi

'IIV jurnalisti og`ir xastalik tufayli 53 yoshida vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV Birlashgan tahririyati maxsus muxbiri, jurnalist Georgiy Andreevich Petrosyan og`ir kasallik tufayli 53 yoshida vafot etdi. Bu haqda IIV Axborot xizmati va Birlashgan tahririyat jamoasi xabar bermoqda. 

G. Petrosyan o`tkir jurnalistik materiallari bilan bir qatorda, o`nlab badiiy ijod namunalari ham turli nashrlarda chop etilgan. G. Petrosyan rassomchilikda ham yuqori iste`dodga ega edi. Uning hajviy janrda chizgan rasmlari ko`plab gazeta va jurnallarda bosilgan. Ijod yo`li davomida O`zbekiston Respublikasi IIVning tashakkurnomalari va esdalik sovg`alari bilan taqdirlangan, MDH davlatlari ichki ishlar organlari muassisligidagi “Sodrujestvo” (“Hamdo`stlik”) jurnali tomonidan o`tkaziladigan xalqaro tanlovlarning bir necha karra g`olibi bo`lgandi.

Iqtidorli jurnalist Georgiy Andreevich Petrosyanning oila a`zolariga, yaqinlariga hamdardlik bildirib qolamiz.

 

    Boshqa yangiliklar