Maktab kutubxonachilarining ish haqi pedagog xodimlar oyligiga tenglashtiriladi. Bu haqda toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev ma`lum qildi.
“Biz madaniyat va san`at sohalari vakillari, muzey va kutubxonalar xodimlari ish haqini kelgusi etti yilda 3 karra oshiramiz.
Bunda, maktab kutubxonachilarining ish haqi pedagog xodimlar oyligiga tenglashtiriladi.
Shuningdek, 2030 yilga qadar madaniyat va san`at sohalari vakillari hamda adiblar uchun yangi qurilayotgan uy-joy massivlaridan 10 mingta xonadon imtiyozli shartlarda beriladi”, – dedi nomzod.






