AsosiyJamiyat

Ukraina elchixonasi O`zbekiston vakolatli organlariga murojaat yubordi

'Ukraina elchixonasi O`zbekiston vakolatli organlariga murojaat yubordi'ning rasmi

Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi O`zbekiston Respublikasi hududida Rossiyaning qurolli tajovuzini qo`llab-quvvatlagan san`atkorlarning konsertlari o`tkazilayotgani yuzasidan mamlakatdagi vakolatli organlarga murojaat yubordi. Bu haqda elchixonaning Facebook'dagi sahifasida ma`lum qilindi.

Ukraina elchixonasi urushni qo`llab-quvvatlovchi rossiyalik san`atkorlarning O`zbekistondagi chiqishlari ularning O`zbekiston Respublikasi obro`siga tahdid soladigan urushni qo`zg`atishga qaratilgan jinoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlashning soxta ko`rinishini yaratishi mumkinligiga e`tibor qaratgan.

“Rossiyalik ijrochilar tomonidan olingan mablag`lar ular tomonidan urush, terrorizm va Ukraina xalqining genosidini moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin”, deyiladi elchixona bayonotida.

Shuningdek, elchixona urushni qo`llab-quvvatlovchi rossiyalik san`atkorlarning chiqishlari uchun O`zbekistonning konsert maydonlaridan foydalanishga qarshi chiqqani uchun o`zbek jamoatchiligiga o`z minnatdorligini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar