AsosiyJamiyat

Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar 10 taligiga kiritildi

'Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar 10 taligiga kiritildi'ning rasmi

Toshkent xalqaro xodimlar uchun dunyodagi eng arzon shaharlar o`ntaligiga kirdi. Bu haqda "Mercer" agentligi e`lon qildi.

Xalqaro xodimlar uchun dunyodagi eng qimmat shahar sifatida 1-o`rinni Gonkong egallagan. Undan keyin o`tgan yildan beri olti pog`onaga ko`tarilgan Singapur Zurich (Shveysariyadagi shahar) ni uchinchi o`ringa olib chiqdi.

Reytingdagi eng arzon joylarga o`tgan yil o`rtalarida kuchli valyuta devalvasiyasi tufayli 83 pog`onaga tushib ketgan Gavana va Pokistonning ikki shahri – Karachi va Islomobod kiradi.

10 ta eng qimmat shaharlar reytingida:

Gonkong, Zurich, Jeneva, Bazel, Bern, Tel-Aviv, Gonkong, Nyu-York, Singapur, Tokio.

Eng arzon 10 ta shahar 218-227-o`rinlar bo`yicha:

Jazoir, Olmaota, Tunis, Toshkent, Istanbul, Karachi, Islomobod, Dushanbe, Bishkek, Anqara.

Ma`lumot o`rnida, reytingda har bir shahardagi 200 dan ortiq toifalarning nisbiy qiymati o`lchanadi.

Asosan, uy-joy, transport, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-ro`zg`or buyumlari va o`yin-kulgi kiradi.

    Boshqa yangiliklar