AsosiyJamiyat

"Yashil Makon" doirasida 2 mlndan ortiq daraxtlar "ekildi" deb, hisobotga qo`shib yozilgan

'"Yashil Makon" doirasida 2 mlndan ortiq daraxtlar "ekildi" deb, hisobotga qo`shib yozilgan'ning rasmi

"Yashil makon" loyihasiga asosan, kelgusi 5 yil davomida har yili 200 mln tupdan jami 1 mlrd daraxt va butalarni ekish maqsad qilinib, mamlakatda yashil maydonlarning hajmini 30%ga etkazish rejalashtirilgan. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig`ilishida ma`lum qildi.

Aziz Abduhakimovning ta`kidlashicha, hozirda Respublikada yashil maydon hududi 15%ni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, vazir monitoring davomida yuzaga kelgan huquqbuzarliklar va ekilmagan ko`chatlarni ekildi deb hisobotga qo`shib yozish holatlarini ta`kidladi.

Qayd etilishicha, Navoiy viloyatida 959 ming, Toshkent viloyatida 564 ming, Farg`ona viloyatida 465 ming, Qashqadaryo viloyatida 227 ming tup ekilmagan daraxt ko`chatlari hisobotga "ekildi" deb qo`shib yozilgani aniqlangan.

Bundan tashqari, 1,8 mln tup ko`chatni saqlash va parvarishlash uchun tegishli mas`ullar umuman belgilanmagani oshkor bo`ldi. Eng achinarli ahvol – Farg`ona viloyatida. U erda 415 ming tup daraxtga umuman, hech qanday mas`ul belgilanmagan. Toshkent viloyatida 355 mingta, Surxondaryoda 331 mingta, Buxoroda 146 mingta, Qoraqalpog`istonda 36 mingta ekilgan daraxtlar e`tiborsiz qoldirilgan.

Shuningdek, sug`orish tizimlari mavjud bo`lmagan hududlarga 7,3 million tup ko`chatlar ekilgani ham aniqlangan.

Ekilgan ko`chatlarni sug`orish va parvarishlash choralarini ko`rish yuzasidan mas`ullarga nisbatan 10 961 ta majburiy ko`rsatmalar berilib, ko`rsatma talablarini bajarmagan 753 ta huquqbuzarlarga 1 mlrd 156 mln so`m ma`muriy jarimalar qo`llanilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar