Toshkent shahrida 6 iyuldan boshlab yangi yo`nalishda avtobus harakati yo`lga qo`yiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, yo`lovchilarga ko`rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023 yil 6 iyul kunidan boshlab, 130-sonli Olchazor mahallasi—Food city savdo markazi avtobus yo`nalishida 11 ta Yutong rusumli avtobus harakati yo`lga qo`yiladi.
Shuningdek, 99-sonli Suvsoz mavzesi—Farxod bozori yo`nalishiga qo`shimcha 2 ta va 146-sonli Chinni bozori—Chorsu savdo markazi avtobus yo`nalishiga qo`shimcha 4 ta Yutong rusumli avtobus biriktirilishini ma`lum qilindi.