AsosiyDunyo

Hindistonda xarsangtosh bir nechta mashina ustiga quladi (video)

'Hindistonda xarsangtosh bir nechta mashina ustiga quladi (video)'ning rasmi

Kecha, 4 iyul kuni Hindistonning Nagaland shtatida kuchli yomg`ir paytida sodir bo`lgan tosh ko`chkisida katta tosh bir nechta mashinaning ustiga quladi. Bu haqda “India Today” xabar berdi
 

Qayd etilishicha, shtatning Kohima-Dimapur milliy avtomagistralida ko`chki oqibatida bir nechta toshlar uchta mashinaning ustiga qulagan. Hodisa oqibatida kamida ikki kishi halok bo`lgan, yana uch kishi kishi jarohatlangan. Jarohat olganlar hozirda Dimapurdagi shifoxonada davolanmoqda.

Voqea aks etgan videodan ko`rish mumkinki, tog`dan qulagan tosh birin-ketin ikkita avtomobilni ezib o`tgan. Yana bir tosh boshqa mashinaga urilgan. Jabrlanganlar Kohimaga ketayotgan bo`lgan. Baxtsiz hodisa ularning orqa tomonidagi mashina kamerasiga tushib qolgan. 

Polisiya voqeadan bir necha soat o`tganidan so`ng ham mashinada qolib ketgan bir nafar odamni qutqarish ishlarini olib borgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar