AsosiyJamiyat

Bugun 5 ta viloyatda yomg`ir yog`ishi mumkin

'Bugun 5 ta viloyatda yomg`ir yog`ishi mumkin'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va kechga tomon Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 31-36° bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 
ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar