Bugun, 6 iyul kuni Buxoro viloyatida 3,4 magnitudali zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Manbaga ko`ra, 6 iyul kuni soat 00:25 (grinvich bo`yicha 19:25) da Buxoro viloyati Peshko` tumanida zilzila qayd etilgan. Zilzila epimarkazi Buxoro viloyati Peshko` tumanida joylashgan. Uning koordinatalari 40,36 gradus shimoliy kenglik 63,27 gradus sharqiy uzunlikka ega.
Shuningdek, zilzila magnitudasi 3,4 ballga, chuqurligi 15 kilometrga teng. Er qimirlashining epimarkazi Toshkentdan 510 kilometr janubi-g`arbda joylashgan.