AsosiySiyosat

O`zbekiston Sloveniya bilan iqtisodiy hamkorlik qiladi

'O`zbekiston Sloveniya bilan iqtisodiy hamkorlik qiladi'ning rasmi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qarorga muvofiq, O`zbekiston hamda Sloveniya Respublikasi Hukumatlari o`rtasida iqtisodiy hamkorlik to`g`risidagi bitim tasdiqlandi.  

Mazkur bitim 2023 yil 8 fevral kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirishga mas`ul bo`lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar