Samarqandda YPX xodimlari voyaga etmagan bola boshqaruvidagi "Lacetti" avtomashinasini to`xtatdi. Bu haqda IIV YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Mutaxassislar yigitning haydovchilik guvohnomasi yo`qligini aniqladi. Keyinroq voqea joyiga etib kelgan otasi "yugur, o`g`lim, chop", deb baqirdi.
Keyinroq fuqarodan nima uchun o`smirga qochishni buyurgani so`ralgan. Bunga javoban erkak bunday gaplarni aytmaganini aytdi.
"Mashina akamniki. O`g`lim qanday qilib rulga o`tirganini bilmayman”, — dedi fuqaro.
IIB xodimi qo`liga tushgan bola boshqa qochmasligini aytdi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tegishli choralar ko`rildi.






