AsosiyJamiyat

Bo`stonliqdagi xonadonlarga o`t ketdi(video)

'Bo`stonliqdagi xonadonlarga o`t ketdi(video)'ning rasmi

Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanidagi “Qoranko`l” mahallasida joylashgan xonadonlarga o`t ketdi. To`rtta xonadonning 2 tasi butkul yonib kulga aylangan bo`lsa, 2 ta xonadon qisman yongan, deya xabar bermoqda “Daryo”.

Aniqlik kiritilishicha, voqea 2023 yilning 1 iyul kuni tonggi 04:00 da sodir bo`lgan.

O`sha kuni g`aflat bosdimi, telefonim “budilnig”i jiringlasa-da, o`chirib, yana besh daqiqa uxlay debman-da. Shundan so`ng 5 daqiqa yotdimmi yoki 10-15 daqiqami bilmayman, tonggi 4 lar atrofi ekan o`g`lim “Oyi turing, turing, pastdagi uyimiz yonib ketdi”, dedi. O`rnimda turib, hovliga yugurib chiqsam, qo`shnimiz uyidagi “pekarniy”dan olov yonib, osmonga tutun ko`tarilayotgan ekan. Uyga yugurib kirib, nabiramni izlay boshladim. Ko`zimga hech narsa ko`rinmadi, faqat nabiramni izladim. Keyin bilsam, nabiramni kelinim oyoqyalang yugurib, ko`chaga olib chiqqan ekan. Ko`chaga chiqsam, kelinim nabiramni olib, u yoqdan bu yoqqa yugurib, yordam so`rab yuribdi, — deydi uyi yonib kul bo`lgan Anarjon O`sarova.

Xonadon egasining aytishicha, yong`in paytida u va kelini qo`rqqanidan hushini yo`qotgan. Uning taxminicha, olov qo`shni xonadondan chiqqan.

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzaev uyi yongan fuqarolar bilan uchrashish maqsadida Bo`stonliq tumanining “Qoranko`l” mahallasiga borgan.

Viloyat rahbarining ma`lumot berishicha, uyi butkul yongan xonadon vakillariga viloyatdan 20 million so`m, tumandan 15 million so`m, jami 35 million so`mdan yordam berilgan. Uyi qisman yongan xonadon vakillariga esa 16 million so`mdan yordam puli berilgan.

Aniqlanishicha, uyi butkul yongan xonadon vakillaridan biriga konteyner uy berilgan bo`lsa, yana bitta xonadon vakillari yaqin qarindoshlarining uyida istiqomat qilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar