Avval xabar berganimizdek, Toshkentda “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta`minoti” xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tmoqda. Unda Qishloq xo`jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so`zi bilan ochib berar ekan, Irrigasiya va meliorasiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqqan 1,1 mln gektar erlarni oborotga kiritish Konsepsiyasi qabul qilinishi haqida so`zladi.
O`tgan davrda oborotdan chiqqan, lalmi, yaylov erlardan qariyb 580 ming gektari foydalanishga kiritildi, deydi vazir.
Shuningdek, o`zlashgan erlarda 280 ming aholi bandligi ta`minlandi va qo`shimcha 3,7 mln tonna mahsulot etishtirildi.
Qishloq xo`jaligi erlarining chet el investisiyasi ishtirokidagi korxonalarga 25 yilga ijaraga berilishi belgilandi.
Qariyb 1,4 mln gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi, 4,5 mlrd m3 suv iqtisod qilindi, 350 mlrd so`m subsidiya berildi.
Kelgusi 5 yilda yana 500 ming gektar erlar foydalanishga kiritiladi, 2 mln ga suv tejovchi texnologiya joriy qilinadi.
06.07.2023 19:38
Irrigasiya va meliorasiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqqan 1,1 mln gektar erlarni oborotga kiritish Konsepsiyasi qabul qilindi






