AsosiyDunyo

Pekinda havoning eng yuqori "qizil" darajasi e`lon qilindi

'Pekinda havoning eng yuqori "qizil" darajasi e`lon qilindi'ning rasmi

Pekinda g`ayritabiiy issiq havo kuzatilmoqda. Xitoy poytaxtida ob-havoning eng yuqori, "qizil" darajasi e`lon qilindi.

Kunduzi aksariyat hududlarda termometr ko`rsatkichi Selsiy bo`yicha 40 darajadan oshadi.

Bu yozda poytaxt meteorologlari tomonidan e`lon qilingan ikkinchi yuqori harorat haqida ogohlantirishdir. Nankin hududidagi ob-havo stansiyasi ma`lumotlariga ko`ra, iyun oyining boshidan 5 iyulgacha harorat 35 daraja va undan ham yuqori ko`rsatgichga etgan. 

To`rt kun davomida esa 40 daraja issiqlik kuzatildi. Bu ko`rsatkichlar 1951 yilda stansiya ishga tushirilgandan beri eng yuqori ko`rsatkichdir.

Pekinliklarga ochiq havoda kamroq yurish va ko`chaga chiqqanda zarur choralarni ko`rish tavsiya etilgan. Prognozlarga ko`ra, issiqlik to`lqini payshanbadan jumagacha davom etadi.

    Boshqa yangiliklar