Ma`lumki, joriy yilning 9 iyul, yakshanba kuni O`zbekistonda muddatidan oldin Prezidentlik saylovlari bo`lib o`tadi.
"Toshkent metropoliteni" DUK saylov kuni metro qay tartibda harakatlanishiga oydinlik kiritdi.
"Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari! Sizga shuni ma`lum qilamizki, joriy yilning 9-iyul yakshanba kuni Toshkent metropolitenida poezdlar harakati ish kunlari uchun tasdiqlangan doimiy jadval asosida tashkillashtiriladi",–deyiladi xabarda.






