AsosiyJamiyat

Kelgusi etti yilda 40 mingta xonadonga ega ijtimoiy uylar quriladi

'Kelgusi etti yilda 40 mingta xonadonga ega ijtimoiy uylar quriladi'ning rasmi

Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda ma`lum qildi.

“Xabaringiz bor, “Mening birinchi uyim” dasturi bo`yicha ilk katta loyiha qurilishini Toshkent viloyatidan boshlayapmiz. Nega aynan Toshkent viloyatini tanladik?

Sababi, hozirning o`zida viloyatdagi 24 ming oilada uy-joyga talab bor. Bundan tashqari, har yili yana 25 mingta yangi oila paydo bo`lmoqda.

Kelgusi etti yilda “Mening birinchi uyim” dasturi doirasida Toshkent viloyatida jami 40 mingta xonadonga ega ijtimoiy uylar quriladi.

Umuman, kelgusi yildan boshlab, boshqa viloyatlarda ham kamida 100 ming oilaga mo`ljallangan xuddi shunday ijtimoiy uylar barpo etiladi”, - dedi nomzod.

    Boshqa yangiliklar