Joriy yilning 4 iyul kuni Chankiri deportasiya markazida yong`in sodir bo`ldi va u erda 76 nafar turli xildagi qonunbuzarlik sodir etgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari ham borligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda O`zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar qildi.
Yong`in qisqa muddat ichida bartaraf etilgan. Markaz ichidagi barcha xodim va xorijlik fuqarolar qutqarilgan. 9 nafar shaxs (O`zbekistonlik emas) tutundan zaharlanganlar. Shifoxonada davolanlarning ahvoli qoniqarlidir.
Markazda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari Akyurt, Ig`dir, Tuzla va Van deportasiya markazlariga o`tkazilgan.
Yong`ini kelib chiqishida gumonlanuvchi sifatida 6 nafar shaxsga (Eron, Jazoir, Turmaniston va 1 nafar O`zbekiston fuqarosi) nisbatan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu shaxslar markazdagi adyol, choyshab, yostiq jildi va sochiqlarni yoqish orqali yong`inni keltirib chiqarganligi haqida rasmiylar e`tirof etmoqdalar.
O`zbekistonning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalari fuqarolarimizga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko`rsatmoqda.






