AsosiyJamiyat

200 dan ortiq ishchisi bor tadbirkorlar soliqlardan ozod qilinadi

'200 dan ortiq ishchisi bor tadbirkorlar soliqlardan ozod qilinadi'ning rasmi

200 tadan ortiq ish o`rinlari yaratadigan tadbirkorlar mol-mulk va er solig`ini to`lashdan ozod etiladi. Bu haqda “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlik sub`ektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qo`llash tartibi to`g`risida”gi nizomda keltirilgan.

Ma`lum qilinishicha, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida ayrim tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari o`tkazilmaydi.

Nizomga ko`ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan ta`minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va er solig`i bo`yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo`ladi. Bunda:

•  51 tadan 100 tagacha yangi ish o`rinlari yaratadigan tadbirkorlar uchun mol-mulk va er solig`ining amaldagi soliq stavkasi 50 foizga; 
•  101 tadan 200 tagacha yangi ish o`rni yaratadiganlar uchun 75 foizga kamaytiriladi;
•  200 tadan ortiq ish o`rinlari yaratadiganlar mazkur soliqlarni to`lashdan ozod etiladi.

Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida to`lanadigan soliqlar bundan mustasno) ta`minotsiz va foizsiz quyidagi muddatlarga bo`lib to`lash huquqi beriladi:

•  51 tadan 100 tagacha yangi ish o`rni yaratadigan tadbirkorlarga – 3 oy muddatda;
•  101 tadan 200 tagacha yangi ish o`rni yaratadigan tadbirkorlarga – 6 oy muddatda;
•  200 tadan ortiq yangi ish o`rni yaratadigan tadbirkorlarga – 12 oy muddatda.

Quyidagicha miqdorda yangi ish o`rinlari yaratilgan taqdirda ularga nisbatan quyidagi tartibda soliq tekshiruvlari o`tkazilmaydi:

•  51 tadan 200 tagacha yangi ish o`rni yaratadigan tadbirkorlarda soliq auditi o`tkazilmaydi;
•  200 tadan ortiq yangi ish o`rni yaratadigan tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari o`tkazilmaydi.

Dasturga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan bojxona tartib-taomillariga rioya etilgan holatlarda ularga nisbatan “yashil yo`lak” tartibi qo`llaniladi.

Bojxona to`lovlarini ta`minotsiz va foizsiz quyidagi muddatlarga bo`lib to`lash huquqi beriladi:

•  51 tadan 100 tagacha yangi ish o`rni yaratadigan tadbirkorlarga – 3 oy muddatda;
•  101 tadan 200 tagacha yangi ish o`rni yaratadigan tadbirkorlarga – 6 oy;
•  200 tadan ortiq yangi ish o`rni yaratadigan tadbirkorlarga – 12 oy.

    Boshqa yangiliklar