Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi 2023/2024-o`quv yili uchun ro`yxatdan o`tgan abiturientlarning 9 iyul soat 18:00 holatiga soni haqida ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, OTMlarning bakalavriatiga o`qishga kirish uchun onlayn ro`yxatdan o`tgan abiturientlar soni — 316 976 nafarni tashkil etmoqda.
Abiturientlarning ta`lim tili bo`yicha taqsimoti:
- o`zbek tili — 273 385 nafar;
- rus tili — 36 216 nafar;
- qoraqalpoq tili — 6 213 nafar;
- boshqa tillar — 1 162 nafar.
Abiturientlarning ta`lim shakllari bo`yicha taqsimoti (birinchi ta`lim yo`nalishiga nisbatan):
- kunduzgi ta`lim shakli — 212 917 nafar;
- kechki ta`lim shakli — 8 128 nafar;
- sirtqi ta`lim shakli — 93 437 nafar;
- masofaviy ta`lim shakli — 2 494 nafar.
Eng ko`p abiturient ro`yxatdan o`tgan OTMlar (birinchi ta`lim yo`nalishiga nisbatan):
- O`zbekiston milliy universiteti — 12 287 nafar;
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 10 098 nafar;
- O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti — 10 046 nafar;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti — 9 864 nafar;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 9 719 nafar.
Abiturientlarning doimiy yashash hududi bo`yicha top 5 talik:
- Samarqand viloyati — 32 852 nafar;
- Qashqadaryo viloyati — 30 169 nafar;
- Toshkent viloyati — 29 328 nafar;
- Andijon viloyati — 28 463 nafar;
- Farg`ona viloyati — 25 313 nafar.






