O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkman xalqining milliy etakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Turkmaniston etakchisi davlatimiz rahbarini muddatidan ilgari Prezident saylovida qozongan ishonchli g`alabasi bilan samimiy tabriklab, qardosh O`zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Tojikiston rahbari mamlakatimiz etakchisini kuni kecha O`zbekistonda bo`lib o`tgan muddatidan ilgari Prezident saylovida qozongan ishonchli g`alabasi bilan samimiy qutladi.
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev bilan telefon orqali muloqotida Ozarbayjon rahbari mamlakatimiz etakchisini Prezident saylovidagi ishonchli g`alabasi bilan samimiy tabriklab, do`st O`zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.






