AsosiyDunyo

Dunyodagi eng katta fenomen El-Nino dunyo iqlimiga o`z ta`sirini ko`rsata boshladi

'Dunyodagi eng katta fenomen El-Nino dunyo iqlimiga o`z ta`sirini ko`rsata boshladi'ning rasmi

Tinch okeani markazi va sharqiy mintaqalarida suv harorining me`yordan 3 darajagacha yuqori ko`tarilib ketishi allaqachon dunyoda kunlik harorat rekordlari yangilanishiga olib keldi. Xozirda Antarktida uchun qish chillasi hukmron bo`layotgan bir paytda qit`a markazida g`ayritabiiy yuqori harorat kuzatilmoqda. Bu haqda “O`zgidromet” mutaxassisi Erkin Abdulahatov yozmoqda.

Avvaliga 3-4 iyul kunlari sayyorada o`rtacha sutkalik havo harorati orqama-ketin +17 darajadan yuqorilab ketib, o`tmish El-Nino ya`ni 2016 yil avgustdagi +16.92 daraja kuzatilgan eng issiq kun rekordini yangiladi. Keyinroq , 6 iyul kuni sayyorada sutkalik havo harorati +17.23 darajaga etdi.

El-Nino ta`sirida dunyo atmosferasida havo oqimlarida keskinlik ortmoqda. O`zbekistonda ham bahor va yoz oyi boshlaridagi sel-suv toshqinlari bilan bog`liq "sokinlikdan" so`ng respublikaning tog`li hududlarida sel hodisalari faollashib qoldi.


 

7 iyulning o`zida Qamchiq dovonida sel hodisasi ikki kishi o`limi bilan yakunlandi. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani tog` yo`llarida ham sel oqimi va yo`lga tushgan harsang tosh yo`l qatnovini vaqtincha to`xtatib qo`yibdi.


 

@uzb_meteo

    Boshqa yangiliklar