AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Belarus Prezidenti bilan telefonda gaplashdi

'Shavkat Mirziyoev Belarus Prezidenti bilan telefonda gaplashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqotida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, qo`shma kooperasiya loyihalarini qo`llab-quvvatlash va faol gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari ko`rib chiqildi.

Belarus Prezidenti davlatimiz rahbarini Prezident saylovida qozongan ishonchli g`alabasi bilan samimiy qutlab, O`zbekistonga katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi.

O`zaro savdo hajmi oshib, tibbiyot, farmasevtika, to`qimachilik va boshqa tarmoqlarda amalga oshirilayotgan loyihalar soni ko`payib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yilning aprel oyida Belarusda O`zbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o`tkazildi, may oyida Toshkent shahrida birgalikda suratga olingan kinofilm premerasi bo`lib o`tdi.

Ikki mamlakat etakchilari tomonidan O`zbekiston-Belarus hukumatlararo komissiyasi ishini faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy tashkilotlar, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlikka oid masalalar ham ko`rib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar