AsosiyJamiyat

“Afrosiyob” poezdlari yo`lovchilarsiz harakatlanayotgani haqidagi xabarlarga “O`ztemiryo`lyo`lovchi” munosabat bildirdi

'“Afrosiyob” poezdlari yo`lovchilarsiz harakatlanayotgani haqidagi xabarlarga “O`ztemiryo`lyo`lovchi” munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlar harakati vaqtida o`rindiqlarda yo`lovchilar yo`qligi haqida xabarlar tarqalmoqda. “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati bunga munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, bugungi kunda “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektrpoezdi yo`lovchilar uchun qulay bo`lgani sababli ular chiptalarni bir oy oldin rasmiylashtirmoqda. Temiryo`l transportidan foydalanishda yo`lovchilar jo`nash muddatidan 1 oy va undan ham oldinroq chiptalarni xarid qilishmoqda. Shu bois bayramlar arafasida chiptalar etishmasligi ko`pchilikda noto`g`ri tushuncha uyg`otmoqda.

Shuningdek, ayrim hollarda yo`lovchilarda poezdlarga kechikish holatlari kuzatilmoqda. Chiptada yo`lovchi poezdning jo`nash vaqti va yo`lovchilarni ro`yxatdan o`tkazish 30 daqiqa oldin tugashi haqida ogohlantirish berilgan. Yo`lovchilar poezdlarga kech qolmasliklari haqida ogohlantiriladi. 

“O`ztemiryo`lyo`lovchi” vokzal va poezdlarda 8 iyul kuni suratga olingan videorolikni ilova qildi va fuqarolardan asossiz xabarlarni tarqatmaslikni so`radi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar