AsosiyJamiyat

Toshkent shahar va viloyatda 200 ta videokuzatuv kameralari o`rnatilmoqda

'Toshkent shahar va viloyatda 200 ta videokuzatuv kameralari o`rnatilmoqda'ning rasmi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi noqonuniy chiqindi tashlanadigan joylarda 25 ta zamonaviy kameralar o`rnatilib, dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan onlayn rejimda kuzatilmoqda. Bu haqda Ekologiya vazirligi Matbuot xizmatining xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, hozirda qo`shimcha 200 ta kuzatuv kamerasini o`rnatish ishlari olib borilmoqda.

"Kelgusida esa bunday kameralar butun mamlakat bo`ylab o`rnatiladi. Maqsad chiqindilarni duch kelgan joyga tashlab ketish holatlariga butunlay chek qo`yishdir",- deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, MJtKning 91-moddasiga ko`ra, sanoat, maishiy va boshqa chiqindilarni to`plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizasiya qilish, qayta ishlash, realizasiya qilish chog`ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma`muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

    Boshqa yangiliklar