AsosiyJamiyat

Samarqand agroinnovasiyalar va tadqiqotlar instituti tashkil etiladi

'Samarqand agroinnovasiyalar va tadqiqotlar instituti tashkil etiladi'ning rasmi

“Agrar sohada ilm-fan, ta`lim va ishlab chiqarishni integrasiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori  qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot " xabar bermoqda.

 Qarorga ko`ra, 2023 yil 1 sentyabrdan:
- oliy ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik, ilm-fan yutuqlari, innovasion texnologiyalarni joriy qilish, inson resurslarini rivojlantirish masalalari yangi tashkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boshqa yirik korxonalar faoliyatini tashkil etishda lisenziya va ruxsat etish tartib-taomillari shartlaridan biri etib belgilanadi;
- oliy ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida ilmiy loyihalar va dissertasiyalar mavzularini shakllantirish hamda ularni Qishloq xo`jaligi vazirligi bilan kelishish tizimi joriy qilinadi.
“Agrobank” ATBning agromarkazlari va fermerlar maktablari, Savdo-sanoat palatasi tizimidagi sanoat parklari va inkubasion markazlar, Qishloq xo`jaligida xizmatlar ko`rsatish agentligining hududiy bo`linmalari, shuningdek, o`simliklar va veterinariya klinikalari tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlarni qamrab olgan holda agroxizmatlar markazlari faoliyati yo`lga qo`yiladi. 
 Bundan tashqari, Xalqaro qishloq xo`jaligi universiteti huzurida Buyuk Britaniya ta`lim tizimi asosida ixtisoslashgan Xalqaro maktab tashkil etiladi.

Xalqaro maktab yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan mustaqil nodavlat umumta`lim muassasasi hisoblanadi.
 Xalqaro maktabga o`quvchilar 2023/2024 o`quv yilidan 
1-sinfdan hamda 5-sinfdan qabul qilinadi. 
 Shuningdek, qaror bilan quyidagilar tashkil etiladi:
- Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali negizida Samarqand agroinnovasiyalar va tadqiqotlar instituti;
- idoralararo Qishloq xo`jaligi fundamental tadqiqotlar markazi (Centre Of Excellence); 
- ushbu markazda biotadqiqotlar va texnologiyalar bo`yicha zamonaviy laboratoriyalar majmuasi;
- qishloq xo`jaligi ekinlarining birlashgan Genbanki;
- Dala ekinlari urug`chiligi milliy tadqiqot majmuasi direksiyasi. 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar