Joriy yilning 7 iyul kuni, Toshkent tumani hududi, “G`isht ko`prik” bojxona posti oldida, Sirdaryo viloyatida yashovchi 1965 yilda tug`ilgan fuqaro, hech bir sababsiz, yo`l yoqasidan harakatlanib ketayotgan, o`ziga begona bo`lgan 40 yoshli fuqaroning qorin qismiga, yonida bo`lgan pichoq bilan to`satdan zarba berib, tan jarohati etkazgan. Bu haqda IIV matbuot kotibi xabar berdi.
Voqea sodir bo`lgan zahoti, hududda xizmat olib borayotgan Toshkent viloyati IIBB PPX xodimlari ushbu shaxsni atrofdagi boshqa fuqarolarga ham shikast etkazishini oldini olish maqsadida, xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan maxsus rezina tayog`ini ishlatib, jismoniy kuch qo`llagan holda fuqaro Sh.E.ni qo`lga olib, zararsizlantirishgan. Jarohatlangan fuqaro xodimlar tomonidan tezlik bilan shifoxonaga olib borilgan.
Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi fuqaroning ruhiy holati yuzasidan psixologik ekspertiza tayinlangan.






