Ijtimoiy tarmoqlarda daydi itlarning bolakayga tashlangan videosi tarqaldi.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati rahbari Jahongir Sa`dullaev ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, holat joriy yil 8 iyul kuni Samarqand shahrining Nabiev-4 ko`chasida sodir bo`lgan. Shu ko`chadagi mashina ustaxonasi ichida yuradigan itlar ko`chadan o`tib ketayotgan bolakayga tashlangan. Shu vaqtda taksi haydovchisi holatni ko`rib qolib, itlarni haydab, bolakayga yordam bergan.
Hozirda bolani ahvoli yaxshi. Itlar ushlanib, karantinga olingan. Holat qo`shimcha o`rganilmoqda. O`rganish davomida itlarning egasi aniqlangan taqdirda unga nisbatan qonuniy tartibda chora ko`riladi.