AsosiyJamiyat

Samarqandlik ayol eri tomonidan o`ldirilgan bolalari haqidagi hodisa tafsilotlarini ochiqladi (video)

'Samarqandlik ayol eri tomonidan o`ldirilgan bolalari haqidagi hodisa tafsilotlarini ochiqladi (video)'ning rasmi

Samarqandda 39 yoshli erkak 6 va 8 yoshli o`g`illarini sim bilan bo`g`ib o`ldirgani haqida xabar berilgan edi. 17 may kuni soat 03:00 larda Toyloq tumanida erkak Rossiyaga ishlash uchun ketgan turmush o`rtog`ini begona shaxslar bilan ishqiy munosabatda bo`lgani haqida video tasvirlarini ko`rgan va ushbu jinoyatni sodir etgani aytilgan edi. 

"Milliy" telekanalida xorijdan qaytgan ayol bilan suhbatlashdi.

Ayolning chet davlatga ketishiga oilaning ko`payib ketgan qarzlari sabab bo`lgan. Erkakning o`zi xotinini xorijga ketishiga ruxsat bergan.

Aylning aytishicha, 2022 yil 10 noyabr kuni xorijga ketgan, 3 aprelda erining chaqiruvi bilan qaytib kelgan. Janjallashib, uning javobimni bergan.

Ayol farzandlarining o`limiga qaynonasi va opasi bilan o`rtasidagi muammolar sabab bo`lganligini aytgan.

Ma`lum qilinishicha, qotil ota giyohvand bo`lgan.

Erkakka JKning 97-moddasi 2-qismi "a" va "v" bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi prosessual tartibida ushlangan.

    Boshqa yangiliklar