Bugun Samarqand shahridagi "Yoshlar" mahalla fuqarolar yig`ini hududida joylashgan avtogurargoh oldida ketayotgan bolaga itlar hamla qilgani va taksi haydovchisi uni qutqarib qolgani haqida xabar berilgan edik.
Joriy yilning 8 iyul kuni tasvirga tushib qolib, keyin tarqalgan holat Samarqand shahrining Nabiev-4 ko`chasida sodir bo`lgan bo`lib, o`sha kuniyoq bolaga tibbiy-psixologik yordam ko`rsatilgan va ayni paytda uning holati yaxshi, deyiladi Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Bugun Samarqand shahar hokimligida shahar hokimi Fazliddin Umarov hamda shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i Ismatjon Ibragimov bolaning hayotini saqlab qolgan taksi haydovchisi, 23 yoshli Firdavs Ahmedov va uning ota-onasiga minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, Firdavs Ahmedovga esdalik sovg`alari topshirilgan.