AsosiyJamiyat

Ertaga ham Toshkentdagi ayrim mahallalarda elektr vaqtincha o`chiriladi

'Ertaga ham Toshkentdagi ayrim mahallalarda elektr vaqtincha o`chiriladi'ning rasmi

Ertaga, 12 iyul kuni poytaxt Toshkentning bir nechta mahallalari elektr energiyasidan uzib qo`yiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:

•  Sergeli tumani: “Qo`shqo`rg`on” MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

•  Uchtepa tumani: “Tepaqo`rg`on” MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 12:00 gacha;

•  Mirzo Ulug`bek tumani: “Oltintepa” MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.

    Boshqa yangiliklar