AsosiyJamiyat

Namangandagi "Chodak" dam olish maskanida kanat yana to`xtab qoldi (video)

'Namangandagi "Chodak" dam olish maskanida kanat yana to`xtab qoldi (video)'ning rasmi

11 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi "Chodak" dam olish maskanida kanatga chiqqan odamni kanati to`xtab, o`rtada qolib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat FVB ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, fuqarolar kanatda uchayotgan vaqtda kanat to`xtab qolgan va kanat ishchi xodimlari tomonidan qutqaruv arqoni orqali fuqarolar tushirib olingan.

Pop tumani Chodak dam olish maskanlarida fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar bo`limlari bilan hamkorlikda kun-u tun navbatchilik tashkil etilgan.

Eslatib o`tamiz,  bundan avval ham odamlar chiqqan kanat to`xtab qolgandi.

    Boshqa yangiliklar