AsosiyJamiyat

Toshkentda fuqarolarni AQShga yuboraman deb va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Toshkentda fuqarolarni AQShga yuboraman deb va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning bergan xabariga ko`ra,departamentning Chilonzor tuman bo`limi  tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.I fuqaro Ya.M.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida  Amerika Qo`shma Shtatlariga ishlash uchun Meksika davlati orqali aylanma yo`llar bilan yuborish evaziga 30 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan R.P. fuqaro Z.S.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 3 500 AQSh dollari va 14 mln so`m evaziga Amerika Qo`shma Shtatlariga borish uchun viza olib berishni va`da qilib, shundan 14 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar