AsosiyJamiyat

O`zbekistonda kuzatilayotgan keskin issiq sabab poezdlar harakat tezligiga cheklovlar o`rnatiladi

'O`zbekistonda kuzatilayotgan keskin issiq sabab poezdlar harakat tezligiga cheklovlar o`rnatiladi'ning rasmi

Ma`lumki, ayni kunlarda Respublikamiz hududida keskin issiq ob-havo kuzatilmoqda. 

“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati xabariga ko`ra, harorat ko`tarilishi va natijada er usti temir yo`llarining relslari hamda ularning po`lat qismlarida harorat juda yuqori darajaga etishi mumkin.

Bunday issiq havo harorati temir yo`l izlariga o`z ta`sirini o`tkazadi. Shu bois, yo`lovchilar va poezdlar harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida, poezdlar harakat tezligiga cheklovlar o`rnatiladi.

Harakat tezligiga cheklovlar o`rnatilingan poezdlarning sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ o`z mijozlaridan, anomal issiqlik tufayli yuzaga kelishi mumkin bo`lgan noqulayliklar uchun uzr so`ramoqda.


 

 

    Boshqa yangiliklar